Erbilda O‘zbekiston savdo uyini ochish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

Avgust 10, 2026. 12:00 • 52 soniya

118
Erbilda O‘zbekiston savdo uyini ochish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

AL-KUVAYT, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Savdoni rivojlantirish kompaniyasi hamda Iroqning Kurdiston mintaqasi Erbil Savdo-sanoat palatasi rahbariyati ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida Erbil shahrida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish, Kurdiston bozorida milliy mahsulotlarni ilgari surishni faollashtirish, tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida mamlakatimiz masʼul vakillarning Iroqqa tashrifini uyushtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo uyini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Erbil shahrida taklif qilingan binolar o‘rganilib, ularning ijara shartlari va narxlari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzildi va kelgusidagi tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish