O‘zbekiston va AQSh OAV vakillari media sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari muhokama qildi

Noyabr 17, 2026. 17:30 • 3 daq

• 10
O‘zbekiston va AQSh OAV vakillari media sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari muhokama qildi
O‘zbekiston va AQSh OAV vakillari media sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari muhokama qildi
O‘zbekiston va AQSh OAV vakillari media sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari muhokama qildi
O‘zbekiston va AQSh OAV vakillari media sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari muhokama qildi

VASHINGTON, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiyaning AQShga safari doirasida qator media tashkilotlar va tahlil markazlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ikki mamlakat media sohasi vakillari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekistonni xalqaro media maydonida keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Tadqiqotlar va tajriba almashish bo‘yicha xalqaro kengash – IREX prezidenti Aleksandr Dardeli bilan uchrashuvda o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun xalqaro tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

IREX xalqaro ta’lim, jurnalistika, axborot almashinuvi va institutsional rivojlanish sohalarida faoliyat yurituvchi AQShdagi yirik notijorat tashkilot hisoblanadi. Tashkilot hozirga qadar 100 dan ortiq mamlakatda hamkorlik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Safar davomida delegatsiya a’zolari Hadson instituti prezidenti Jon Volters bilan ham ko‘rishdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati va islohotlarini xalqaro ekspertlarga yetkazish, jurnalistlar va tahlilchilar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma davra suhbatlari va ekspertlik uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Hadson instituti Amerikadagi nufuzli mustaqil tahlil markazlaridan biri bo‘lib, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va ularning xavfsizlikka ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.

Institut vakillari bilan muloqot jarayonida jurnalistlarni sun’iy intellekt sharoitida birgalikda o‘qitish ham kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori, taniqli ekspert Frederik Starr bilan uchrashuv ham samimiy ruhda o‘tdi. Muloqot davomida Frederik Starr Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro maydonda va mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasidagi tashabbuslarini yuqori baholashini ma’lum qildi.

Ekspert mamlakatimiz media sohasidagi o‘zgarishlar va so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni alohida e’tirof etdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida xorijiy OAV uchun tahliliy maqolalar yozadigan jurnalistlar va siyosiy sharhlovchilarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi Xalqaro jurnalistlar markazi rahbari Sheron Moshavi hamda Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo dasturlari direktori Sebastyan Peyrouz bilan ham uchrashdi. Unda sun’iy intellekt, dezinformatsiya va raqamli media yo‘nalishlarida o‘quvlar o‘tkazish, AQShning yetakchi OAVlarida tajriba almashish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish