O‘zbekiston Prezidenti Tibetdagi yirik ko‘chki va suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani hamda jabrlangani munosabati bilan XXR Raisiga hamdardlik yo‘lladi
Avgust 27, 2026. 20:31 • 1 daq
• 84
TOSHKENT, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohatlangani hamda katta iqtisodiy talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanaliga tayanib.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
“Anadolu” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi