O‘zbekiston Prezidenti Gruziya Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi
Iyul 24, 2026. 17:32 • 54 soniya
• 13
TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Irakliy Kobaxidze O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
Muloqot davomida O‘zbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 2-3-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi