O‘zbekiston – Rossiya parlamentlararo aloqalarini yanada rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi

Iyul 24, 2026. 19:07 • 55 soniya

10
O‘zbekiston – Rossiya parlamentlararo aloqalarini yanada rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Federatsiya Kengashi Raisi O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikki mamlakat parlamentlarining O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan samarali hamkorligi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash, sanoat kooperatsiyasi, taʼlim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish