O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan telefon orqali tabrikladi

Sentabr 21, 2026. 17:55 • 57 soniya

21
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan telefon orqali tabrikladi

TOSHKЕNT, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Rossiya yetakchisini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklab, parlamentning yangi tarkibiga samarali faoliyat tiladi.

Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari hamda Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini natijador qilib o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish