O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Gruziyaga keldi
Iyul 02, 2026. 18:50 • 47 soniya
• 12
TOSHKENT, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston yetakchisini Gruziya Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. 3-iyul kuni O‘zbekiston yetakchisi Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi