O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Gruziyaga jo‘nab ketdi
Iyul 02, 2026. 16:45 • 41 soniya
• 131
TOSHKENT, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi ikkita o‘tkazish punkti xalqaro maqomga ega bo‘ladi
Markaziy Osiyo•Iyul 02, 2026. 21:00
O‘zbek milliy taomlari va anʼanalari Ukrainada eʼtirof etildi
O'zbekiston dunyo nigohida•Iyul 02, 2026. 20:30
AQSh Kanada va Meksika bilan savdo kelishuvini uzaytirishdan bosh tortdi
Fakt•Iyul 02, 2026. 20:00
“Al-Ahram”: O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘li sivilizatsiyasida muhim o‘ringa ega bo‘lgan
O'zbekiston dunyo nigohida•Iyul 02, 2026. 19:30
Yunfu shahrida O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorligining yangi bosqichi ko‘rib chiqildi
Iqtisodiy diplomatiya•Iyul 02, 2026. 19:00
Barchasi