O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi

Iyul 29, 2026. 18:00 • 42 soniya

125
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi

TOSHKENT, 29-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Ostona shahri aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish