Logo

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Shveysariyaga keldi

Yanvar 22, 2026. 07:00 • 25 soniya

119
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Shveysariyaga keldi

TOSHKENT, 22-yanvar. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Syurix shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Syurix xalqaro aeroportida Prezidentimizni Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 22-yanvar kuni Davos shahrida mamlakatimiz yetakchisi AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish