O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari xitoylik tadbirkorlarni qiziqtirmoqda
Yanvar 22, 2026. 12:41 • 43 soniya
• 13GUANCHJOU, 22-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan “Guangdong General Chamber of Commerce” palatasi bilan hamkorlikda ikki yuzdan ortiq mahalliy kompaniyalar ishtirokida yurtimiz iqtisodiy imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston rivojlanishining iqtisodiy ko‘rsatkichlari, turizm salohiyati, imtiyoz va preferensiyalar tizimi, hududlarimizning drayver tarmoqlari, istiqbolli savdo va investitsiyaviy loyihalar to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Xitoy kompaniyalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz ishbilarmonlik muhiti haqida to‘xtalib o‘tdi. Joriy etilgan vizasiz rejim hamda qator to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning mavjudligi o‘zaro almashinuvlarni faollashtirishga, turizmni yanada rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishini taʼkidladi.
“Guangdong General Chamber of Commerce” palatasi bosh kotibi Sun Jiya hamda xitoylik ishbilarmonlar bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda Guandun provinsiyasi yetakchi kompaniya va ixtisoslashgan uyushmalaridan iborat delegatsiyalarning mamlakatimiz hududlariga biznes-missiyalarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



