Oliy darajadagi uchrashuv natijalari ikki tomonlama hujjatlar bilan mustahkamlandi

Oktabr 29, 2026. 21:22 • 2 daq

• 138
Oliy darajadagi uchrashuv natijalari ikki tomonlama hujjatlar bilan mustahkamlandi

TOSHKENT, 29-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara shahrida bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bundan tashqari, ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi. Xususan:

– Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risidagi bayonnoma;

– Ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy bitim;

– 2022-yil 29-martda imzolangan davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qo‘shimcha bayonnoma.

Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish