O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi
Oktabr 28, 2026. 21:18 • 2 daq
• 156
TOSHKЕNT, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 29-30-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Turk asri: tilda, fikrda va ishda birlik” mavzusidagi navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tashkilot doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, turizm, ekologiya va ta’lim yo‘nalishlarida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
Sammit yakunlari bo‘yicha Anqara deklaratsiyasi hamda tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qator qo‘shma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi