Logo

O‘zbekiston Prezidenti “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktorini qabul qildi

Yanvar 27, 2026. 19:51 • 43 soniya

43
O‘zbekiston Prezidenti “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktorini qabul qildi

TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatimizda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida birinchi kam quvvatli reaktor binosi uchun poydevor qo‘yish ishlari boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Elektr stansiyani loyihalashtirish ishlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, o‘tgan yili “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali negizida atom energetikasi va yadro texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or muhandislik maktabi ishga tushirildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qo‘llash, sohada malakali kadrlarni tayyorlash, fanni rivojlantirish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo AA

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish