O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi
Iyun 16, 2026. 19:50 • 58 soniya
• 46
TOSHKЕNT, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki tomonlama sheriklikning barcha yo‘nalishlaridagi yuqori sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi o‘sib bormoqda, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari faol bosqichda.
Yangi tashabbuslarni, jumladan, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar doirasida ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi