O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Oktabr 19, 2026. 16:50 • 2 daq
• 164
TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. Samarqand shahrida “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston–Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Prezident Administratsiyalari, parlamentlar, hukumatlar, hududlar va ishbilarmon doiralar darajasidagi faol aloqalar yuksak baholandi.
Tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda, sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va ekologiya sohalarida muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Samarali madaniy-gumanitar almashinuvlar yo‘lga qo‘yilgan.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda kelgusi yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi