O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Noyabr 06, 2026. 18:15 • 2 daq

• 13
O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

TOSHKЕNT, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Aqaba jarayoni uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi dunyoda yangi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Iordaniya Podshohi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu platforma tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning borishi muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda o‘zaro tashrif va muloqotlar jadal tus olgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi, Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, Ishbilarmonlar kengashi ta’sis etildi.

Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni jadallashtirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Iordaniya yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlar rejasi hamda kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish