Minsk shahrida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Noyabr 06, 2026. 17:30 • 1 daq

• 23
Minsk shahrida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Minsk shahrida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

MINSK, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasida Belarus milliy texnika universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv ishtirokchilari kelajakdagi rejalar, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, yoshlarda mas’uliyat va yetakchilik fazilatlarini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar.

Xorijda to‘plangan ilg‘or tajriba hamda chuqur akademik bilimlarni yurtimizda amaliyotga tatbiq etib, O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalarga mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan davlat ko‘magi, shuningdek, chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni amalga oshirishga jalb etish uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi. Ochiq muloqot formati talabalarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkonini berdi hamda ularning kasbiy o‘sishi uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish