O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Sentabr 15, 2026. 12:15 • 55 soniya
• 63
TOSHKENT, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Seul shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, alohida strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar, transport-logistika sohalarida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Innovatsion-texnologik hamkorlikni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratildi.
Savdo, moliya va investitsiya, raqamli iqtisodiyot hamda kiberxavfsizlik sohalarida, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va O‘zbekistonning xomashyo bazasidan foydalangan holda muhim minerallarni qayta ishlash borasida, shuningdek, transport va temir yo‘l infratuzilmasi hamda hududlararo aloqalar yo‘nalishlarida sheriklik istiqbollari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi