O‘zbekiston - Estoniya oliy o‘quv yurtlari iqlim va ekologiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Sentabr 15, 2026. 13:00 • 2 daq
• 11
RIGA, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari tomonidan Estoniya tabiiy fanlar universiteti rektori Yulle Yaakma hamda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) vakillari ishtirokida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralarda iqlim o‘zgarishi va ekologiya sohasidagi tadqiqot ishlarining joriy holati, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbolli tendensiyalar muhokama qilindi.
Muloqoqt davomida “Green University” loyihasi O‘zbekistonda taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni rivojlantirish va chet ellik talabalar oqimini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli saʼy-harakatlarning uzviy davomi ekanini alohida taʼkidlandi.
Eston tomon Green University bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirib, talaba-professorlar almashinuvi, iqlim o‘zgarishi va aylanma iqtisodiyot sohasida qo‘shma tadqiqot guruhlari tashkil etish, hamda, YUNESKO kafedrasi maʼlumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida oliygohlar o‘rtasida hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida sentyabr oyida keng doiradagi onlayn vebinar tashkil etishga kelishildi.
Estoniya tabiiy fanlar universiteti - qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik, atrof-muhit va veterinariya sohalariga ixtisoslashgan, yirik oliy taʼlim muassasalaridan biri. Universitet QS reytingida qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinni, o‘simlikshunoslik va ekologiya tadqiqotlari bo‘yicha esa eng ko‘p iqtibos keltirilgan ilmiy muassasalar qatoridan joy egallagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi