O‘zbekiston va Laos Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildilar

Oktabr 15, 2026. 17:55 • 54 soniya

• 86
O‘zbekiston va Laos Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKЕNT, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Boku shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Laos Prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston – Laos munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, transport, logistika, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish hamda ta’lim va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish