O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga amaliy tashrifini yakunladi

Noyabr 12, 2026. 06:20 • 2 daq

• 29
O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga amaliy tashrifini yakunladi

TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, davlatimiz rahbari Antaliya shahrida BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Jahon yetakchilari sammitida ishtirok etib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va bu boradagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida davlatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, “yashil” transformatsiya va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning birinchi kunida O‘zbekiston Prezidenti Yashil iqlim jamg‘armasi ijrochi direktori Mafalda Duerte, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Seleste Saulo, Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili hamda Saudiya Arabistoni energetika vaziri, sanoat va mineral resurslar vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bugun esa Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar, Bangladesh Bosh vaziri Toriq Rahmon, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Yasmin Fuad hamda BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Aleksandr De Kroo bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. Antaliya xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari va rafiqasini Turkiyaning rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish