O‘zbekiston Prezidenti BMTTD Administratori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Noyabr 11, 2026. 20:10 • 2 daq
• 49
TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan global iqlim sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Aleksandr De Kroo bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etish sohalarida BMT Taraqqiyot dasturi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimiz uchun 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan yangi dasturini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sheriklik ijobiy sur’atda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oxirgi besh yilda umumiy qiymati 120 million dollardan ziyod bo‘lgan 100 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirildi, hamkorlikning umumiy hajmi esa 550 million dollardan oshdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar “yashil” transformatsiya, iqlim moliyasi mablag‘larini jalb qilish, Orolbo‘yi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish hamda iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlar va zararni baholash mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi