O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni delegatsiyasini qabul qildi
Noyabr 10, 2026. 23:30 • 2 daq
• 37
TOSHKENT, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistoni energetika vaziri hamda sanoat va mineral resurslar vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida vazir mamlakatimiz yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ko‘p qirrali hamkorligi hamda keng ko‘lamli sherikligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda aloqalar jadal rivojlanib, yirik loyihalar portfeli shakllangani, shundan asosiy qismi “yashil” energetika tarmog‘iga to‘g‘ri kelayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda neft-gaz, neft-kimyo, tog‘-kon sanoati va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, aniq amaliy takliflarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi