O‘zbekistonning Oqtovdagi diplomatlari ko‘magida Farg‘onadagi texnikumda yangi kompyuter sinfi ochildi

Sentabr 07, 2026. 19:30 • 50 soniya

110
O‘zbekistonning Oqtovdagi diplomatlari ko‘magida Farg‘onadagi texnikumda yangi kompyuter sinfi ochildi

OQTOV, 7-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi texnikumda 16 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy sinf ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yangi kompyuter sinfi o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan o‘quv jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, yoshlarga amaliy ko‘nikmalar va kasbiy bilimlarini takomillashtirish imkonini beradi.

Ta’kidlanishicha, texnikumni zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlash o‘quvchilarga raqamli vositalar yordamida dars o‘tish va ularning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, yangi kompyuter sinfidan o‘qituvchilar va talabalar mustaqil ishlash, o‘quv materiallarini tayyorlash hamda amaliy topshiriqlarni bajarish uchun foydalanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish