Antaliyada O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

Sentabr 07, 2026. 22:00 • 2 daq

13
Antaliyada O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi
Antaliyada O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi
Antaliyada O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

ANTALIYA, 7-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Antaliya shahridagi “Erdem Bayazıt” madaniyat markazida O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali madaniy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu tadbir Antaliyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish va boy madaniy merosimizni targ‘ib etishga qaratildi.

Tantanali kechada Antaliya viloyati gubernatorligi va mahalliy munitsipalitetlar vakillari, savdo-sanoat va ishbilarmonlik doiralari, ommaviy axborot vositalari, diaspora va jamoat tashkilotlari a’zolari, shuningdek, hududda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan 500 nafarga yaqin hamyurtlarimiz ishtirok etdi.

Tadbir doirasida mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari, an’anaviy palov tortiq qilindi. Bayramning asosiy qismida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Alisher Fayz hamda taniqli qiziqchi Jamshid Normatov ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi. Jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Ishtirokchilar xorijdagi hamyurtlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor uchun davlatimiz rahbariyatiga hamda elchixonaga samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Turk tomoni vakillari tadbirning yuqori tashkiliy saviyasini qayd etib, kelgusida madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni muntazam o‘tkazish va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish