Logo

Diplomatlar ko‘magida Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

May 07, 2026. 11:55 • 58 soniya

106
Diplomatlar ko‘magida Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

NOVOSIBIRSK, 7-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Novosibirsk viloyati hududida qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni vatanga qaytarish bo‘yicha navbatdagi amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qishloq xo‘jaligi yerlarida xususiy shaxs qo‘lida ishlayotgan o‘n nafar hamyurtimizning barcha hujjatlari va pul mablag‘lari o‘g‘irlab ketilgan. Natijada ular barcha zarur yordamni olish uchun O‘zbekiston Bosh konsulligi va Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasiga murojaat qilishga majbur bo‘lishdi.

Bosh konsulxona diplomatlarining tezkor harakatlari natijasida fuqarolarimizga Vatanga qaytish sertifikatlari topshirildi, ular bilan zarur profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

O‘z navbatida, Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi olti nafar jabrlanuvchi uchun eng yaqin reys bilan O‘zbekistonga uchish uchun aviachiptalar sotib olishda barcha zarur yordamni ko‘rsatdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish