Logo

Diplomatlarning aralashuvidan so‘ng Rossiyaning Saxalin va Amur viloyatlaridagi o‘zbekistonlik quruvchilarga ish haqi bo‘yicha qarzlar to‘lana boshlandi.

Aprel 28, 2026. 15:55 • 2 daq

394
Diplomatlarning aralashuvidan so‘ng Rossiyaning Saxalin va Amur viloyatlaridagi o‘zbekistonlik quruvchilarga ish haqi bo‘yicha qarzlar to‘lana boshlandi.
Diplomatlarning aralashuvidan so‘ng Rossiyaning Saxalin va Amur viloyatlaridagi o‘zbekistonlik quruvchilarga ish haqi bo‘yicha qarzlar to‘lana boshlandi.

VLADIVOSTOK, 28-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulxonasiga Rossiyaning “PSO Kazan” MCHJ Poronaysk va Svobodniy tumanlaridagi qurilish obyektlarida ishlayotgan vatandoshlardan ish haqi to‘lanmagani yuzasidan jamoaviy murojaat kelib tushdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aniqlanishicha, ushbu ikki obyektda mehnat qilayotgan jami 105 nafar hamyurtimizga 4 oy davomida jami 323 ming AQSH dollaridan ortiq miqdorda ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmagan.

Bosh konsulxona Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda holat yuzasidan Saxalin va Amur viloyatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlariga rasmiy murojaat yo‘lladi va qonun doirasida chora ko‘rishni so‘radi.

Natijada, Rossiya Prokuraturasi va Tergov qo‘mitasining ushbu viloyatlardagi boshqarmalari ishtirokida maxsus guruh tuzilib, korxonada maxsus tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, Rossiya jinoyat kodeksining 145.1-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruvlardan so‘ng ish beruvchi tomonidan 127 ming AQSH dollari miqdorida ish haqi fuqarolarga qisman to‘lab berilgan. Qolgan 196 ming AQSH dollari qarzdorlikni 15 mayga qadar to‘liq to‘lash kutilmoqda.

Mazkur holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan bo‘lib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar muntazam davom ettirilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish