Logo

Jazoir TIVda O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

May 07, 2026. 12:55 • 58 soniya

332
Jazoir TIVda O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jazoir TIVda O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

JAZOIR, 7-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Jazoir Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi rahbari Muxtor Amin Xalif hamda Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bo‘yicha boshqarmasi rahbari Abdumalik Buheddu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi delegatsiyalar almashinuvini muntazam yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi uchinchi bosqichini o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlarning shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash, sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirish, ishbilarmonlar kengashini tuzish, shuningdek, hamkorlikka oid bitim va memorandumlarni imzolashdan birdek manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning Jazoirga tayinlangan yangi elchisiga barcha zarur amaliy yordam ko‘rsatish hamda tomonlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish