Kuvaytlik o‘quvchilar O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Xalqaro fizika olimpiadasida ishtirok etmoqda

Oktabr 13, 2026. 16:00 • 2 daq

• 84
Kuvaytlik o‘quvchilar O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Xalqaro fizika olimpiadasida ishtirok etmoqda

AL-KUVAYT, 13-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kuvaytning “Times Kuwait” va “Al-Khaleej” elektron nashrlarida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasida kuvaytlik o‘quvchilarning qatnashayotgani haqida maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kuvayt Ta’lim vazirligining ma’lumotlariga tayanib tarqatilgan xabarlarda qayd etilishicha, joriy yilning 10–17-oktabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli olimpiadada Kuvaytdan besh nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etmoqda. 

Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida ilmiy salohiyatni yuksaltirish, o‘quvchilarni xalqaro miqyosdagi musobaqalarga jalb etish orqali ularning bilim va ilmiy tajribasini boyitishga qaratilgan.

Kuvayt Ta’lim vazirligi o‘z vakillariga muvaffaqiyat tilab, ular mamlakat nomini xalqaro maydonda munosib himoya qilishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish