O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakuniga yetdi
May 29, 2026. 20:23 • 48 soniya
• 31
TOSHKENT, 29-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi tadbirlari bugun nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida investitsiya va savdo sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar yakunlangach, mamlakatimiz yetakchisi Ostona xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




