O‘zbekiston Xitoy bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Noyabr 06, 2026. 15:30 • 2 daq

• 47

GUANCHJOU, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida Guandun va Xenan provinsiyalarida qator tadbirlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Guanchjou, Foshan va Chjenchjou shaharlarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda Xitoyning qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmuasini rivojlantirish, qishloq infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi ilg‘or tajribasi bilan tanishildi. 

Shuningdek, 300 dan ortiq mahalliy kompaniyalar ishtirokida o‘tkazilgan biznes-forumlarda O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi salohiyati va sohadagi mavjud imkoniyatlar keng taqdim etildi.

Tadbirkorlar o‘rtasida tashkil etilgan B2B formatdagi muzokaralarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan bir qatorda, delegatsiya a’zolari 140-Xitoy import va eksport tovarlari yarmarkasiga tashrif buyurib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi so‘nggi texnologiyalar, texnik yechimlar va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish