2083-yilga-borib odamsimon robotlar Yer yuzi aholisi sonidan oshib ketishi mumkin
Noyabr 14, 2026. 11:00 • 2 daq
• 171
LONDON, 14-noyabr. /“Dunyo” AA/. Muayyan sharoitlarda-2083-yilga borib dunyodagi odamsimon robotlar soni Yer yuzi aholisi sonidan oshib ketishi va 10 milliarddan ortiqni tashkil etishi mumkin, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bu haqda Milan, Ekseter va Rokfeller universitetlari olimlarining qo‘shma tadqiqotida ma’lum qilingan.
Tadqiqotchilar matematik model ishlab chiqib, robototexnika rivojlanishining 4 mingdan ortiq ehtimoliy ssenariysini ko‘rib chiqqan. Unga ko‘ra, an’anaviy ishlab chiqarish modelida odamsimon robotlar soni-2025-yildagi taxminan 100 mingdan-2050-yilga borib 1 milliardgacha ko‘payishi mumkin.
Agar robotlar yangi mashinalarni ishlab chiqarishda mustaqil ishtirok eta olsa, yanada shiddatli o‘sish kuzatilishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yetarli miqdorda elektr energiyasi va zarur butlovchi qismlar mavjud bo‘lgan taqdirda, bu taxminan-2083-yilga borib robotlar sonining odamlar sonidan oshib ketishiga olib kelishi mumkin.
Taqqoslash uchun, BMTning “Jahon aholisining istiqbollari – 2024” hisobotiga ko‘ra, sayyoramiz aholisi 2080-yillarning o‘rtalarida o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichi – qariyb 10,3 milliard kishiga yetadi va shundan so‘ng qisqara boshlaydi.
Shu bilan birga, olimlar gap kafolatlangan prognoz emas, balki nazariy ssenariy haqida borayotganini ta’kidlagan. Ular robotlarning son jihatidan ustunligi o‘z-o‘zidan ularning ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy jihatdan hukmronligini anglatmasligini qayd etgan.
“CNS” surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi