Logo

1-martdan chet el fuqarolari Gruziyada qonuniy ishlashi uchun ruxsatnoma olishi kerak bo‘ladi

Fevral 24, 2026. 17:52 • 37 soniya

22
1-martdan chet el fuqarolari Gruziyada qonuniy ishlashi uchun ruxsatnoma olishi kerak bo‘ladi

TOSHKENT, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. 1 martdan Gruziyada Mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, bu haqda 23-fevral kuni Bandlik, hududlardan ko‘chirilgan shaxslar, mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vazirligi maʼlum qilgan.

Qonundagi o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda chet el fuqarolari Gruziyada qonuniy ishga joylashish, shu jumladan masofadan ishlashi uchun maxsus ruxsatnoma olishi kerak.

“Ishlash uchun ruxsatnomalar Bandlikka ko‘maklashish davlat agentligi orqali beriladi. Jarayon to‘liq elektron shaklda bo‘lib, ro‘yxatga olish portali 1-martdan ochiladi, ruxsatnoma olish bepul. Mehnat faoliyati uchun ruxsatnoma aniq lavozim va aniq ish beruvchiga 1 yil muddatga beriladi”, - deya aniqlik kiritgan vazirlik.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish