Logo

TIVda Ummon, Qatar va Iordaniya elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Fevral 24, 2026. 18:11 • 29 soniya

16
TIVda Ummon, Qatar va Iordaniya elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
TIVda Ummon, Qatar va Iordaniya elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
TIVda Ummon, Qatar va Iordaniya elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

TOSHKENT, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. 23–24-fevral kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev O‘mon elchisi Vafo al-Busaidiy, Qatar elchisi Hasan bin Hamza Hoshim va Iordaniya elchisi Demiye Haddad bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV xabariga ko‘ra, muloqotlar davomida O‘zbekiston va mazkur mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor masalalari muhokama qilingan. Madaniy-gumanitar aloqalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirib, 2026-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish