Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi
Oktabr 15, 2026. 19:00 • 55 soniya
• 57
TOSHKЕNT, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashganimdan xursandman, – deb yozdi bugun Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu, samimiy tilaklarini yetkazdim.
O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik.
Janob Prezidentga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e’tibor hamda qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi