Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning global savdo tizimiga qo‘shilishi hal qiluvchi pallaga kirdi

Sentabr 25, 2026. 12:00 • 2 daq

• 85
Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning global savdo tizimiga qo‘shilishi hal qiluvchi pallaga kirdi

TOSHKЕNT, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashib, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdik, – deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda oldimizda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildik.

Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim”.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillardagi tizimli sa’y-harakatlar natijasida tashkilotga a’zo deyarli barcha davlatlar bilan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi va jarayon muhim marraga yaqinlashdi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish O‘zbekiston mahsulotlari uchun tashqi bozorlardagi to‘siqlarni bartaraf etadi hamda milliy eksportchilarimiz uchun teng va adolatli sharoitlar yaratadi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi milliy iqtisodiyotni global savdo tizimi bilan bog‘laydi va mamlakatimiz manfaatlarining jahon bozorida mustahkam himoya qilinishini ta’minlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish