O‘zbekiston va Polsha tadbirkorlari hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi
Sentabr 25, 2026. 10:30 • 52 soniya
• 90VARSHAVA, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ko‘magida Lyublin savdo-sanoat palatasi raisi Dariush Yedlin boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif chog‘ida o‘zbek va polyak tadbirkorlari investitsiya, sanoat, energetika, infratuzilma, savdo va ta’lim sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.
Uchrashuvlar davomida katta hajmda kabel mahsulotlarini xarid qilish, Polshaga shisha mahsulotlari, quritilgan meva va choy eksport qilish, yevropalik investorlarni jalb qilish, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish va rejalashtirilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilab oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



