O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi oltin medallari 6 taga yetdi

Sentabr 25, 2026. 11:30 • 2 daq

• 23

AICHI-NAGOYA, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallar sonini ko‘paytirishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida O‘zbekiston vakillari uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi. 500 metrga baydarkada to‘rtlik bahsida Yekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva, Milana Dyushev-Yanich va Shahrizoda Mavlonova ikkinchi o‘rinni egalladi. Kanoeda C2 dasturida Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova, yakkalik bahsida esa Vladlen Denisov kumush medal oldi.

Musobaqaning oldingi kunlarida ham yurtimiz sportchilari bir qator muhim natijalarni qayd etdi. Yengil atletikada Sharifa Davronova uch hatlab sakrashda 14,35 metr natija bilan oltin medal qo‘lga kiritib, 2023- yilgi Xanchjou Osiyo o‘yinlaridagi chempionligini takrorladi.

Sport gimnastikasida O‘tkirbek Jo‘rayev dastakli ot mashqida 14,733 ball bilan g‘olib bo‘ldi. Qilichbozlikda Zaynab Dayibekova ayollar sablyasida kumush medalga ega chiqdi.

Akademik eshkak eshishda ham O‘zbekiston terma jamoasi katta natija qayd etdi. Shahzodbek Nurmatov va Sobir Safaraliyev LM2x dasturida oltin medal oldi. Shuningdek, delegatsiyamiz vakillari bir qator dasturlarda kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

O‘q otish bahsida Vladimir Svechnikov 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otishda 244,3 ochko jamg‘arib, Osiyo o‘yinlari rekordini yangilagan holda chempion bo‘ldi. Bu O‘zbekistonning mazkur sport turida 32 yildan keyingi ilk Osiyo o‘yinlari oltini bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqaning oltinchi kunini 6 ta oltin, 15 ta kumush va 8 ta bronza medal bilan boshladi. Bugun sportchilarimiz yengil atletika, boks, futbol, suzish, qilichbozlik, stol tennisi, baydarka va kanoe, sport gimnastikasi hamda boshqa sport turlarida bahslarni davom ettiradi.

Kun davomida erkaklar futboli chorak finalida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni, ayollar futbolida esa Koreya Respublikasi – O‘zbekiston terma jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bellashadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish