O‘zbekiston senatori Armanistondagi parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi

Iyun 08, 2026. 16:55 • 2 daq

47

TOSHKЕNT, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmuratov Armaniston Milliy majlisiga joriy yil 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovda MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi tarkibida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Senat axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, senator parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Saylov kuni Yerevan shahrida bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayonlarini bevosita kuzatdi hamda saylov komissiyalari faoliyati, ovoz berish tartib-taomillari va saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Xalqaro kuzatuvchilar missiyasi dasturi doirasida senator Armaniston Milliy majlisi raisi Alen Simonyan bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuvda mamlakatda saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar, saylovoldi tashviqotining borishi, siyosiy partiyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va saylov jarayonining o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi.

Armaniston Ma’muriy sudi raisi Karen Zarikyan bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa saylov kampaniyasi davomida yuzaga kelayotgan huquqiy masalalar, saylovga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti hamda fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilish borasida sud organlarining o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish