O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonning Telangana shtati bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Iyun 08, 2026. 17:25 • 53 soniya

98
O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonning Telangana shtati bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

DЕHLI, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindistonga amalga oshirgan amaliy safari doirasida Telangana shtati bosh vaziri o‘rinbosari Mallu Bhatti Vikramarka bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir chog‘ida tomonlar sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, investitsiyalar va sanoatni rivojlantirish sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari, shuningdek O‘zbekiston va Telangana shtati o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev ham ishtirok etib, Mallu Bhatti Vikramarkani V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.

Muloqot yakunida tomonlar ko‘pqirrali sheriklikni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish