"O‘zbekiston - 2030" strategiyasi Xitoy ommaviy axborot vositalarining nigohida

Avgust 27, 2026. 10:57 • 2 daq

45
"O‘zbekiston - 2030" strategiyasi Xitoy ommaviy axborot vositalarining nigohida

PEKIN, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoyning nufuzli “Diplomat” nashrida “Transport koridorlaridan ishlab chiqarish ekotizimlarigacha: Xitoy–O‘zbekiston hamkorligi uchun yangi ufqlar” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekistonda mustaqillikning 35 yili davomida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatda barcha sohalarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mehnat unumdorligini oshirish, texnologiyalarni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash borasida yirik loyihalar tatbiq etildi.

Xitoy O‘zbekistonning ushbu transformatsiya jarayonida asosiy sherik hisoblanadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik yuqori siyosiy ishonch, jadal kengayayotgan iqtisodiy aloqalar hamda Markaziy Osiyoda barqaror va farovon taraqqiyotni taʼminlashga bo‘lgan mushtarak intilishga asoslangan.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi sanoat, investitsiya, eksport, raqamlashtirish, inson kapitali, “yashil” energetika, suv resurslarini boshqarish, transport va mintaqaviy hamkorlik sohalaridagi ikki tomonlama loyihalar uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda.

Ushbu strategiyaning markaziy elementlaridan biri sanoatni modernizatsiya qilishdir. O‘zbekiston xom ashyoni mamlakat ichida chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda. 2030 yilga borib sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 60 milliard AQSH dollariga yetkazish prognoz qilinmoqda.

Materialda transport bog‘liqligi hayotiy ahamiyatga ega ekani alohida taʼkidlangan. Ochiq dengizga chiqish imkoniyati cheklangan O‘zbekiston uchun diversifikatsiya qilingan yo‘nalishlar xavfsizlik va jahon bozorlariga chiqishning muhim omilidir. Shu nuqtai nazardan, “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li shunchaki transport loyihasi emas, balki sanoat zonalari, logistika markazlari va yangi mintaqaviy o‘sish nuqtalarining mustahkam o‘zagi sifatida qaralmoqda.

Ushbu yondashuv O‘zbekistonning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi nigohiga to‘liq mos keladi va transport koridorlarini iqtisodiy koridorlarga, alohida loyihalarni esa yirik ishlab chiqarish ekotizimlariga aylantirishni nazarda tutadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Pokistonda O‘zbekiston turizm kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiAvgust 27, 2026. 10:30
Pokistonda O‘zbekiston turizm kunlari o‘tkaziladi
YUNESKOda O‘zbekistonning madaniy meros bo‘yicha tashabbuslari muhokama qilindi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalaridaAvgust 27, 2026. 09:35
YUNESKOda O‘zbekistonning madaniy meros bo‘yicha tashabbuslari muhokama qilindi
Taro Aso: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari tobora strategik ahamiyat kasb etib bormoqda
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiAvgust 27, 2026. 08:10

Barchasi