Toshkent va Brest viloyatlari vakillari chorvachilik sohasidagi yangi qo‘shma loyihalar bilan tanishdi

Oktabr 29, 2026. 14:30 • 2 daq

• 119
Toshkent va Brest viloyatlari vakillari chorvachilik sohasidagi yangi qo‘shma loyihalar bilan tanishdi
Toshkent va Brest viloyatlari vakillari chorvachilik sohasidagi yangi qo‘shma loyihalar bilan tanishdi

MINSK, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. 27-oktabr kuni hokim Zoir Mirzayev boshchiligidagi Toshkent viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Belarusning Brest viloyati Pinsk tumanida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida “Stisxo Pinskoye” MCHJ bazasida sut va go‘sht chorvachiligini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli qo‘shma loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tashabbus “MARAQAND MEAT” MCHJ (O‘zbekiston) va “Stisxo Pinskoye” MCHJ (Belarus) o‘rtasidagi hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Xususan, Toshkent viloyatida belaruslik tadbirkorlar ishtirokidagi to‘rtdan ortiq loyiha muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

O‘z navbatida, Belarus hududida o‘zbekistonlik investorlar tomonidan beshta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, ulardan ikkitasi allaqachon foydalanishga topshirildi.

Brest viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dmitriy Gorodetskiy Belarus–O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar Toshkent va Brest viloyatlari hamkorligida salmoqli natijalar berishiga ishonch bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sheriklik munosabatlari III Hududlar forumi hamda joriy yilning sentyabr oyida qabul qilingan “Xiva deklaratsiyasi”dagi kelishuvlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari Chamlya qishlog‘i yaqinida joylashgan, 2,4 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan zamonaviy sut-tovar majmuasi faoliyati hamda ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish