Respublika qon quyish markazi delegatsiyasi Yaponiya tajribasini o‘rganmoqda
Oktabr 28, 2026. 19:30 • 50 soniya
• 136
TOKIO, 28 oktabr. /“Dunyo” AA/. Respublika qon quyish markazi delegatsiyasi qon xizmatini rivojlantirish va to‘plangan ilg‘or tajribani O‘zbekistonda amaliyotga joriy etish maqsadida Tokio shahrida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Hamkorlik dasturi Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligining texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobidan “Daido Industries, Inc.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Tashrif dasturi doirasida Dzikey universiteti, Osaka tibbiyot va farmatsevtika universitetlari, Yaponiya sog‘liqni saqlash sohasida inqirozli vaziyatlarni boshqarish milliy instituti (JIHC), shuningdek, Qizil Xoch jamiyatining shifoxonalari va qon xizmati markazlarida muzokaralar o‘tkazish hamda amaliy jarayonlar bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi