“O‘zbekneftegaz” delegatsiyasi Londonda xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi
Oktabr 28, 2026. 08:55 • 2 daq
• 140LONDON, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Suhrob Hamroyev boshchiligidagi delegatsiyaning Buyuk Britaniyaga tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, “Standard Chartered Bank”, “ICBC Standard Bank”, “MUFG Bank”, “Deutsche Bank” va “J.P. Morgan” banklari, “Fitch Ratings” hamda “S&P Global Ratings” reyting agentliklari, “Ashmore Group”, “UBS Asset Management”, “Vanguard”, “Fidelity International”, “PIMCO” va “T. Rowe Price” investitsiya kompaniyalari rahbariyati, shuningdek, “O‘zbekneftegaz” yevroobligatsiyalari egalari bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda kompaniyaning moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, korporativ transformatsiya jarayonlari, sohadagi tendensiyalar va gaz qazib chiqarishni barqarorlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Xalqaro banklarni moliyalashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida to‘rtta istiqbolli loyiha taqdim etildi.
Xalqaro moliya institutlari vakillari kompaniyada amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdilar. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


