Toshkent xalqaro investitsiya forumi Turkmaniston OAV diqqat markazida

Iyun 15, 2026. 23:00 • 2 daq

19
Toshkent xalqaro investitsiya forumi Turkmaniston OAV diqqat markazida

ASHXOBOD, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. Turkmanistonning “Orient” axborot agentligi shu yil 16–18-iyun kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-2026)ga e’tibor qaratdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Agentlik maqolasiga ko‘ra, forum 100 ta mamlakatdan rekord darajadagi 8,3 ming nafar ishtirokchini, jumladan, 3,4 mingdan ziyod xorijiy delegatni jamlaydi. Forumda ishtirok etayotgan kompaniyalarning umumiy aktivlari 42 trillion dollarga baholanmoqda.

TXIF-2026 dasturidan energetika, strategik minerallar, sun’iy intellekt, logistika, islom moliyasi va investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan 79 ta tadbir o‘rin olgan.

Forumda yirik xalqaro kompaniyalar rahbarlari, moliya institutlari vakillari va o‘nlab mamlakatlarning hukumat delegatsiyalari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

“Orient”ning qayd etishicha, Toshkent xalqaro investitsiya forumi bir necha yil ichida Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiya maydonlaridan biriga aylangan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish