Samarqandda shaxmat olimpiadasi qizg‘in pallaga kirdi

Sentabr 20, 2026. 12:30 • 2 daq

154
Samarqandda shaxmat olimpiadasi qizg‘in pallaga kirdi
Samarqandda shaxmat olimpiadasi qizg‘in pallaga kirdi
Samarqandda shaxmat olimpiadasi qizg‘in pallaga kirdi
Samarqandda shaxmat olimpiadasi qizg‘in pallaga kirdi
Samarqandda shaxmat olimpiadasi qizg‘in pallaga kirdi
Samarqandda shaxmat olimpiadasi qizg‘in pallaga kirdi

SAMARQAND, 20-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 4-tur bahslari yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston-1 erkaklar terma jamoasi turning markaziy uchrashuvlaridan birida Turkiyani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Nodirbek Yoqubboyev turkiyalik Vaxap Shanal ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov bahslarni durang bilan yakunladi. O‘zbekiston-2 jamoasi Yangi Zelandiyani 2,5:1,5, O‘zbekiston-3 esa Yamanni 3,5:0,5 hisobida yengdi.

4-turdan so‘ng O‘zbekiston-1 bilan bir qatorda Xitoy, Armaniston, AQSh, Hindiston, Niderlandiya va Vengriya jamoalari ham 100 foizlik natija qayd etmoqda. O‘zbekiston-2 va O‘zbekiston-3 jamoalari ham 6 ochkodan jamg‘argan jamoalar safida.

Ayollar bahsida O‘zbekiston-1 Argentina terma jamoasini 3:1 hisobida yengdi. O‘zbekiston-2 Qirg‘izistonga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, O‘zbekiston-3 Kuba jamoasiga 1,5:2,5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bugungi 5-turda O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi Vengriya, O‘zbekiston-2 Filippin, O‘zbekiston-3 Avstriya bilan kuch sinashadi. Ayollar bahsida esa O‘zbekiston-1 AQSh, O‘zbekiston-2 Tunis, O‘zbekiston-3 Madagaskar jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

400 nafar erkaklar va ayollar jamoalari qatnashayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘yinlari 11 ta turdan iborat bo‘lib, musobaqalar 27 sentyabrga qadar davom etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish