Saudiya Arabistonida O‘zbekistonning turistik salohiyati taqdim etildi
Sentabr 15, 2026. 11:00 • 2 daq
• 152AR-RIYOZ, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni turizm sohasi vakillari, jumladan, ikki mamlakat turoperatorlari ishtirok etdi.
Qatnashchilarga O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari, asosiy va sayyohlik yo‘nalishlari, shuningdek, ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumot berildi.
Taqdimot davomida O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosiga alohida eʼtibor qaratildi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va mamlakatimizning boshqa hududlarining turistik imkoniyatlari, shuningdek, ziyorat, madaniy, gastronomik, ekologik va oilaviy turizmni rivojlantirish salohiyati namoyish etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni turizm biznesi vakillari o‘rtasida ikki tomonlama B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar qo‘shma turistik mahsulotlarni shakllantirish, sayyohlik guruhlarini tashkil etish, Saudiya Arabistoni bozorida O‘zbekistonning turistik yo‘nalishlarini targ‘ib qilish hamda turoperatorlar o‘rtasida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ishtirokchilar, shuningdek, saudiyalik sayyohlarning talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari va afzalliklari haqida maʼlumot almashishdi, safarlarni tashkil etish, turistik xizmat ko‘rsatish hamda O‘zbekistonni Saudiya Arabistonidan keluvchi sayohatchilar uchun jozibador yo‘nalish sifatida yanada targ‘ib qilish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




