Trent Kelli: AQSh O‘zbekiston bilan sheriklikni yuqori baholaydi hamda hamkorlik va do‘stona munosabatlar davom etishidan manfaatdor
Sentabr 03, 2026. 17:00 • 58 soniya
• 17
VAShINGTON, 3-sentabr. / “Dunyo” AA/. AQSh kongressmeni, O‘zbekiston bo‘yicha kokus hamraisi, Razvedka bo‘yicha doimiy maxsus qo‘mita raisi o‘rinbosari hamda Qurolli kuchlar qo‘mitasining Dengiz qudrati va kuchlarni qo‘llash kichik qo‘mitasi raisi Trent Kelli O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Dunyo” AA orqali xalqimizga o‘zining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
— Missisipi shtatining 1-saylov okrugi aholisi nomidan O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu qutlug‘ kun O‘zbekistonning boy tarixi, matonati va milliy g‘ururining yorqin ramzidir. AQSh O‘zbekiston bilan mustahkamlanayotgan sheriklikni yuqori baholaydi hamda o‘zaro hamkorlik va do‘stona munosabatlar izchil davom etishiga ishonadi.
Sizlarga tinchlik, farovonlik va kelgusi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi