Tailandda O‘zbekiston milliy turizm salohiyati namoyish etildi
Yanvar 26, 2026. 08:00 • 41 soniya
• 107
BANGKOK, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bangkok shahrida 31-Tailand xalqaro sayyohlik yarmarkasida O‘zbekistonning turizm salohiyati keng namoyish etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston bosh konsulxonasi, “Uzbekistan Airways” AJ va o‘zbekistonlik turoperatorlar vakillari ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada 600 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, xalqaro va mahalliy aviakompaniyalar, sayyohlik agentliklari, turizmni targ‘ib qiluvchi tashkilotlar, mehmonxonalar tarmog‘i o‘z sayyohlik mahsulotlari va targ‘ibot nashrlarini namoyish etdi. Ikki kun davom etgan ko‘rgazma qariyb 150 ming ishtirokchini qamrab oldi.
Yarmarkada Vatanimizning boy madaniy merosi, nafis tarixiy obidalari, betakror milliy meʼmorchiligi, xalqimiz milliy liboslari va hunarmandchilik namunalari taqdim qilindi.
Respublikamizning gastronomik va ziyorat turizm sohasidagi jozibadorligi tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. “O‘zbekiston” stendi ishtirokchilari milliy o‘zbek liboslarini kiyib ko‘rib, mamlakatimiz madaniyatini yaqindan his etish imkoniga ega bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
